NUR
Mixo 7
1Sho‘rim quridi! Yozgi mevalar yig‘ib olingach, Uzumzor hosili yig‘ishtirilgach, Toklardan bir bosh uzum ham topa olmagan, Bir dona anjirga zor bo‘lgan odamdayman men.
2Xudojo‘y yo‘q bo‘ldi bu yurtda, To‘g‘ri odam qolmadi insonlar orasida. Qon to‘kaman, deb odamlar bir–birini poylaydi, Hattoki qarindosh qarindoshiga tuzoq qo‘yadi.
3Yomonlik qilishga ustadir ular. Amaldoru qozilari pora olishadi, Boylari xohlaganini qildirishadi, Birgalikda ular haqiqatni buzib ko‘rsatishadi.