NUR
Matto 2
1Iso shoh Hirodning hukmronligi davrida, Yahudiyadagi Baytlahm shahrida tug‘ilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay sharqdan Quddusga munajjimlar kelishdi.
2Ular: — Yahudiylarning yangi tug‘ilgan shohi qayerda? — deb so‘radilar. — Biz Uning yulduzi chiqqanini ko‘rdik. Unga ta’zim qilgani keldik.
3Bu gapni eshitib shoh Hirod ham, butun Quddus aholisi ham bezovtalanib qoldi.