NUR
Matto 14
1Shu orada viloyat hukmdori Hirod Iso to‘g‘risidagi xabarlarni eshitib,
2amaldorlariga dedi: — Bu Yahyo cho‘mdiruvchi ekanligi aniq! U tirilib kelgan, shuning uchun mo‘jizalar ko‘rsatish qudratiga ega.
3Uning bu gapni aytishiga sabab shu edi: bundan ancha vaqt oldin Hirod Yahyoni hibsga olgandi. U o‘z ukasi Filipning xotini Hirodiya dastidan Yahyoni kishanlab, zindonga tashlagan edi.