NUR

Luqo 16

1Iso shogirdlariga shunday dedi: “Bir boy odamning ish boshqaruvchisi bor ekan. Boyga: “Ish boshqaruvchingiz mol–mulkingizni sovurib yuribdi” degan xabar yetib keldi.

2Boy odam ish boshqaruvchisini chaqirib, unga shunday debdi: “Sen haqingda ba’zi gaplarni eshitdim. Bu nimasi?! Menga boshqaruving to‘g‘risida hisobot ber, endi ishlarimni sen boshqarmaysan.”

3Shunda ish boshqaruvchi o‘ziga o‘zi debdi: “Xo‘jayinim meni ishdan bo‘shatyapti. Endi nima qilaman? Yer chopishga kuchim yetmaydi, sadaqa so‘rashga uyalaman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →