NUR
Levilar 23
1Egamiz Muso orqali
2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: Egamiz belgilagan bayramlarni nishonlanglar, o‘sha kunlari muqaddas yig‘in e’lon qilinglar. Egamizning belgilagan bayramlari quyidagilardir.
3Olti kun mehnat qilinglar, yettinchi kuni — Shabbat kuni esa to‘liq dam olinglar. Shu kuni muqaddas yig‘in bo‘lsin. Hech qanday ish qilmanglar. Axir, Shabbat kuni Egamizga atalgandir! Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, shu kunga rioya qilinglar.