NUR

Levilar 20

1Egamiz Muso orqali

2Isroil xalqiga shunday dedi: “O‘z bolasini Mo‘laxga qurbonlik qilgan har qanday odamga, Isroil xalqidan yoki yurtingizda yashagan musofir bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘lim jazosi berilsin. Butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin.

3Men O‘zim bunday odamga qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo‘q qilib yuboraman, chunki u farzandini Mo‘laxga qurbonlik qilib, Muqaddas chodirimni bulg‘agan bo‘ladi, Meni, Muqaddas Xudoni badnom etgan bo‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →