NUR

Levilar 16

1Horunning ikki o‘g‘li Egamiz amr etmagan begona olovni olib kelib, nobud bo‘lganlaridan so‘ng, Egamiz Musoga gapirib,

2shunday dedi: “Akang Horunga ayt, u ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga xohlagan paytida kirmasin. U yerdagi ahd sandig‘ining qopqog‘i oldiga bormasin. Aks holda u nobud bo‘ladi. Zotan Men o‘sha qopqoq ustida bulut orasida zohir bo‘laman.”

3Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: Horun Muqaddas xonaga kirishidan oldin bitta buqani gunoh qurbonligi va bitta qo‘chqorni kuydiriladigan qurbonlik qilishi lozim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →