NUR
Levilar 13
1Muso va Horunga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
2agar birortasining badanida teri kasalligiga aylanishi mumkin bo‘lgan shish, toshma yoki dog‘ paydo bo‘lsa, o‘sha odamni ruhoniy Horun yoki uning o‘g‘illaridan biri huzuriga olib keling.
3Ruhoniy badandagi yarani ko‘rsin. Agar yara ustidagi tuklar oqargan va yara teri ostiga o‘tgan bo‘lsa, bu teri kasalligidir. Ruhoniy yarani ko‘rib bo‘lishi bilanoq o‘sha odamni, harom, deb e’lon qilsin.