NUR
Yoshua 23
1Ancha yillar o‘tdi, Egamiz Isroil xalqiga ularning atroflaridagi dushmanlaridan tinchlik bergan edi. Yoshua ham yoshi ancha o‘tib, qarib qolgan edi.
2U butun Isroil xalqini, ularning oqsoqollariyu boshliqlarini, hakam va nazoratchilarini chaqirib shunday dedi: “Mening yoshim ham o‘tdi, ancha qarib qoldim.
3Egangiz Xudo sizlar uchun atrofingizdagi xalqlarni nima qilganini ko‘rdingiz. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar uchun jang qildi.