NUR

Yoshua 20

1Egamiz bir kuni Yoshuaga shunday deb aytdi:

2— Isroil xalqiga shu gaplarni yetkazgin: “Muso orqali sizlarga buyurganimday, panoh shaharlarni belgilanglar.

3Shunda birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, qochib o‘sha shaharlardan biriga borsin. O‘lgan odamning qarindoshlari qasos olmoqchi bo‘lib, qotilning orqasidan quvib borsa, u mana shu shaharlarning birida panoh topadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →