NUR
Yoshua 17
1Keyin Manashe qabilasiga ulush berildi. Manashe Yusufning to‘ng‘ichi edi. Moxir Manashening to‘ng‘ichi bo‘lib, Giladning otasi edi. Moxir botir jangchi bo‘lgani uchun Muso unga Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan hududlarini bergan edi.
2Iordanning g‘arbida Manashe qabilasining qolganiga ulush berildi. Manashe o‘g‘illari Abuazar, Xalek, Osriyol, Shakam, Xafer va Shamido urug‘larining hammasiga yerlar berildi.
3Manashening nabirasi Giladning Xafer degan o‘g‘li bor edi. Xaferning esa Zalofxod degan o‘g‘li bor edi. Zalofxodning o‘g‘illari yo‘q, faqatgina qizlari bor edi. Qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.