NUR
Yoshua 13
1Yillar o‘tib, Yoshua ancha keksayib qolgan paytda Egamiz unga shunday dedi: “Sen qariding, yoshing ham o‘tib qoldi, lekin bu yurtning ko‘p joylari hali bosib olinmagan.
2Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni egallamagan: butun Filist va Geshir xalqining yerlari,
3ya’ni hozir Kan’on xalqiga tegishli bo‘lib, Misrning sharqiy chegarasidagi Shixor irmog‘idan shimoldagi Exron chegaralarigacha bo‘lgan yerlar. O‘sha joyda Filist xalqining beshta hukmdori yashaydi. Ular quyidagi shaharlarda hukmronlik qiladi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron. Janubdagi Avim xalqining yerlari ham hali bosib olinmagan.