NUR
Yoshua 10
1Quddus shohi Odonisidiq eshitdiki, Yoshua Ay shahrini qo‘lga kiritibdi, uni butunlay vayron qilibdi, Yerixo va uning shohiga nimalar qilgan bo‘lsa, Ay shahrini va uning shohini ham shunday qilibdi. Givonliklar ham Isroil xalqi bilan sulh tuzib, endi ularning orasida yashayotganini eshitib
2juda qo‘rqib ketdi. Axir, Givon shahri ulkan shahar bo‘lib, o‘z shohiga ega bo‘lgan shaharlarday katta, Ay shahridan ham kattaroq edi–da. Givon aholisining barcha erkaklari ham juda mohir jangchi edilar.
3Xevron shohi Xo‘xam, Yarmut shohi Pirom, Laxish shohi Yofiya va Eglon shohi Dabir Quddus shohi Odonisidiqdan shunday xabar olishdi: