NUR
Yeremiyo 28
1Ayni o‘sha yili, ya’ni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronlik qilayotgan ilk davrida, to‘rtinchi yilining beshinchi oyida Xanoniyo payg‘ambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Ozzurning o‘g‘li edi. U menga shunday dedi:
2“ Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Bobil shohi solgan bo‘yinturuqni Men sindirib tashladim.
3Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman.