NUR
Yeremiyo 26
1Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqimning Yahudodagi ilk hukmronligi davrida Yeremiyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi.
2Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, uyimning hovlisiga borib tur. Yahudo shaharlaridan uyimga sajda qilmoqchi bo‘lib kelgan hamma odamlarga gapir. Men senga amr qilgan barcha so‘zlarni, birontasini ham qoldirmay ularga ayt.
3Balki, ular Men aytgan gaplarga quloq solib, yovuz yo‘llaridan qaytishar. Shunda Men ham shaxtimdan qaytaman. Qilgan qabihliklari tufayli boshlariga keltirmoqchi bo‘layotgan falokatni keltirmayman.