NUR
Yeremiyo 14
1Yeremiyoga Egamizning qurg‘oqchilik haqidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2“ Yahudo aza tutmoqda, Shaharlari adoyi tamom bo‘ldi. Odamlar qayg‘uga botgan, Bag‘rlarini yerga berib yotibdi, Quddusdan faryod ko‘tarilmoqda.
3Asilzodalar xizmatkorlarini suvga yubordilar. Xizmatkorlar sardobalarga borgan edilar, Ammo suv topa olmadilar. Idishlari bo‘m–bo‘sh qaytib keldilar. Ular tushkunlikka tushdilar, Sharmanda bo‘lib qoldilar, Uyatdan yuzlarini berkitib oldilar.