NUR

Hakamlar 9

1Gido‘n o‘g‘li Abumalek Shakam shahriga — tog‘alarining oldiga borib, barcha urug‘–aymoqlariga shunday dedi:

2— Shakam beklarining huzuriga boringlar, ularga: “Ustingizdan Gido‘nning yetmishta o‘g‘li hukmronlik qilganidan ko‘ra, bittasi hukmronlik qilgani yaxshi emasmi”, deb aytinglar. Men sizlarning jigaringiz ekanimni ham eslaringdan chiqarmanglar.

3Tog‘alari Abumalekning manfaatini ko‘zlab, bu so‘zlarni Shakam beklariga yetkazdilar. Shakam beklari esa: “Har qalay Abumalek qarindoshimiz”, deya uning tarafdorlari bo‘ldilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →