NUR
Hakamlar 10
1Abumalekning o‘limidan so‘ng Puvax o‘g‘li To‘lo Isroil xalqini dushmanlardan ozod qildi. U Issaxor qabilasidan bo‘lgan Do‘do‘ning nabirasi bo‘lib, Efrayim qirlaridagi Shomir shahrida istiqomat qilardi.
2U Isroil xalqiga yigirma uch yil davomida hakam bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra olamdan ko‘z yumib, Shomirda dafn qilindi.
3Undan keyin Giladlik Yovir hakam bo‘ldi. U yigirma ikki yil davomida Isroilga rahnamolik qildi.