NUR
Hakamlar 1
1Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Isroil xalqi Egamizdan: “ Kan’on xalqiga qarshi jang qilish uchun oramizdan kim birinchi bo‘lib chiqsin?” — deb so‘radi.
2“ Yahudo qabilasi chiqsin, — dedi Egamiz. — Men bu yurtni ularning qo‘liga beryapman.”
3Shunda Yahudo qabilasi qardoshi bo‘lgan Shimo‘n qabilasiga shunday dedi: “Kelinglar, birgalikda bizga ulush bo‘lib tushgan yerga boraylik. O‘sha yerda birgalashib Kan’on xalqiga qarshi jang qilaylik. Keyin biz ham sizlarga tushgan ulushga ergashib boramiz.” Shunday qilib, Shimo‘n qabilasi ular bilan birga bordi.