NUR

Ishayo 9

1Biroq kulfatli joyda endi azob bo‘lmaydi. Boshida Zabulun va Naftali yurti sharmanda bo‘lgan edi. Ammo kelajakda o‘sha dengiz bo‘yi, Iordanning narigi tomonidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi ulug‘lanadi.

2Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.

3Bu xalqni Sen ko‘paytirgansan, Ularga ko‘p shodlik ato qilgansan. Hosil paytidagi mamnunlik kabi, O‘ljalarin bo‘lishib olgan paytdagi kabi, Ular huzuringda quvonchga to‘lgan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →