NUR

Ishayo 53

1Bizning xabarimizga kim ishondi? Egamizning qudratli kuchi kimga ayon bo‘ldi?

2Egamizning quli Egamiz oldida yangi ko‘chatday, Quruq tuproqdagi ildizday o‘sdi. Bizni o‘ziga jalb qiladigan Go‘zalligi, ulug‘vorligi yo‘q edi. Bizni o‘ziga rom etadigan Hech bir jozibasi yo‘q edi.

3Undan nafratlanganlar, uni rad etganlar. U qayg‘u nimaligini, azob–uqubatni bilardi. Undan odamlar yuz o‘girib, nafratlangan, Uni biz odam qatorida sanamaganmiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →