NUR

Ishayo 50

1Egamiz shunday aytmoqda: “Men onangizni haydab yuborgan edim, Uning taloq xati qani? Xo‘sh, sizni qaysi qarz beruvchimga sotibman? Mana, gunohlaringiz tufayli sotildingiz, Itoatsizligingiz dastidan onangiz haydaldi.

2Kelganimda nega biron kimsa yo‘q edi? Chaqirganimda nega hech kim javob bermadi? Sizni qutqarishga mening qo‘lim qisqami? Yoki sizni ozod qilishga kuchim yetmasmi? Bir tahdid qilsam dengiz quriydi, Daryolarni cho‘lga aylantiraman. Suvlar qurib, baliqlari sasiydi, Suv yo‘qligidan baliqlar o‘lib ketadi.

3Samolarga qora kiydiraman, Qanorni ularning yopinchig‘i qilaman.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →