NUR
Ishayo 47
1Egam aytar: “Pastga tush, tuproqqa o‘tir, Ey bokira qiz Bobil! Yerga o‘tir, endi taxting yo‘q, Ey Bobilliklar! Mana, endi sen to‘g‘ringda: ‘Naqadar nozik, mayindir’, deb aytmaslar.
2Qani, tegirmon toshini ol, don yanchgin. Yopinchig‘ingni yech, etagingni yig‘ishtir, Boldiringni och, daryolardan kechib o‘t.
3Yalang‘och joylaring ochiladi, Sharmandaliging ko‘rinib qoladi. Men qasos olaman, Hech kimga shafqat qilmayman.”