NUR
Ishayo 41
1Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang, Ey dengiz ortidagi yurtlar! Xalqlarning kuchi qayta tiklansin. Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar. Hukm qilishga birga yig‘ilaylik.
2Kim sharqdan g‘olib shohni chaqirdi? Kim uni o‘z xizmatiga chaqirdi? Kim unga elatlarni bo‘ysundiradi? Kim shohlarni oyog‘i ostida ezadi? Qilichi bilan ularni chopib tashlaydi, Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.
3Ularni ta’qib qiladi, Oyoq bosmagan yo‘ldan yuradi, O‘sha joylardan eson–omon o‘tadi.