NUR

Ishayo 21

1Dengiz bo‘yidagi sahro haqida bashorat. Nagav uzra ketma–ket esayotgan bo‘ronlar kabi, Cho‘l — qo‘rqinchli yurtdan kelayotir u.

2Og‘ir bir vahiy ko‘rdim: Xoin xoinlik qilayotir, Bosqinchi talon–taroj qilayotir. Egamning so‘zlarini eshitdim: “Ey Elam xalqi, hujum qil, Ey Midiya xalqi, qamal qil! Jamiki nolalarga barham beraman!”

3Evoh, ko‘rganlarimdan ichimda og‘riq turdi, Tug‘ayotgan ayol kabi azoblar meni qamradi. Ikki bukildim eshitganlarimdan, Dahshatga tushdim ko‘rganlarimdan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →