NUR
Ishayo 1
1Omiz o‘g‘li Ishayoning Yahudo hamda Quddusga oid bashorati. Bu davrlarda Yahudoda Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo kabi shohlar hukmronlik qilardi.
2Eshiting, ey samolar, tingla, ey zamin, Shudir Egamizning kalomi: “Bino qildim bolalarni, ulg‘aytirdim ularni, Ammo ular isyon qildilar Menga.
3Ho‘kiz biladi o‘z egasini, Hatto eshak bilar kim uni boqishini, Ammo xalqim Isroil bilmaydi, Ular tushunmaydi Meni, o‘z Egasini.”