NUR
Xo'sheya 11
1Egamiz shunday deydi: “Men Isroilni bolaligida yaxshi ko‘rar edim, O‘z o‘g‘lonimni Misrdan chaqirib olgan edim.
2Uni qancha ko‘p chaqirsam, Mendan shuncha ko‘p uzoqlashardi. Baalga qurbonliklar keltirardi, Butlarga tutatqilar nazr qilardi.
3Efrayimga yurishni Men o‘rgatgan edim, Uni qo‘llarimda ko‘tarib yurgan edim. Ammo qilgan g‘amxo‘rligimni u bilmadi.