NUR
Ibtido 4
1Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador bo‘ldi. Momo Havo o‘g‘il ko‘rdi va: “Xudoning qudrati bilan o‘g‘il topdim”, deb nomini Qobil qo‘ydi.
2Keyinroq Momo Havo ikkinchi o‘g‘lini tug‘di va unga Hobil, deb ism qo‘ydi. Bolalar ulg‘ayib, Hobil — qo‘ychivon, Qobil — dehqon bo‘ldi.
3Vaqti kelib, Qobil yerning hosilidan Egamizga nazr olib keldi.