NUR

Ibtido 35

1Xudo Yoqubga dedi: — Qani, otlan, Baytilga ko‘chib ket, o‘sha yerda joylashib, qurbongoh o‘rnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir bo‘lgan edim.

2Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi: — Begona xudolaringizni yo‘qotinglar, o‘zlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar.

3Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga bo‘ldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →