NUR
Ibtido 22
1Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi. — Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo. — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
2— Yolg‘iz suyukli o‘g‘ling Is’hoqni olib, Moriyox yeriga bor, — dedi Xudo. — Men senga bir tog‘ni ko‘rsataman, o‘sha tog‘da o‘g‘lingni qurbonlik qilib kuydirasan.
3Ertasi kun Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi, ikkita xizmatkorini va o‘g‘li Is’hoqni oldi. Olov yoqib qurbonlikni kuydirish uchun o‘tin tayyorladi. So‘ngra Xudo aytgan yerga jo‘nadi.