NUR
Ibtido 19
1O‘sha kuni kechqurun ikkala farishta Sado‘mga yetib keldi. Lut Sado‘m darvozasi yonida o‘tirgan edi. Lut farishtalarni ko‘rib, ularga peshvoz chiqdi va muk tushib ta’zim qildi.
2— Janoblar, marhamat, shu kecha bu qulingizning uyiga kiringlar, oyoqlaringizni yuvib, menikida tunab qolinglar. Ertaga ertalab yo‘llaringizga ketsalaringiz ham bo‘ladi. — Rahmat, biz tunni shahar maydonida o‘tkazamiz, — deb aytishdi ular.
3Lut hadeb qistayvergandan keyin, farishtalar Lutnikiga kelishdi. Lut xizmatkorlariga non yopib, ziyofat tayyorlashni buyurdi. Ziyofat tayyor bo‘lgach, ular ovqatlanishdi.