NUR
Ibtido 14
1O‘sha paytda quyidagi shohlar bo‘lgan edi: Shinar shohi Omrafil, Elazar shohi Oriyox, Elam shohi Kado‘rlamar, Go‘yim shohi Tidol.
2O‘sha to‘rtala shoh quyidagi beshta shohga qarshi urush ochdilar: Sado‘m shohi Beraga, G‘amo‘ra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavo‘yim shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zo‘var, deb yuritiladi.)
3Ana shu beshta shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirdilar. (Siddim vodiysi hozirgi O‘lik dengizdir.)