NUR
Galatiyaliklarga 6
1Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qo‘yganini bilib qoldingiz. Sizlar, Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar, uni muloyim ruh bilan to‘g‘ri yo‘lga solinglar. O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, tag‘in o‘zingiz ham vasvasaga yo‘liqib qolmang.
2Boshingizga g‘am–tashvish tushganda, bir–biringizni qo‘llab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan bo‘lasizlar.
3Axir, biror kishi, garchi o‘zi hech narsa bo‘lmasa–yu, o‘zini muhim, deb hisoblasa, o‘zini o‘zi aldagan bo‘ladi.