NUR
Galatiyaliklarga 2
1O‘n to‘rt yil o‘tgandan keyin, men Barnabo bilan birga yana Quddusga bordim. Titusni ham yonimga olgan edim.
2Xudo menga bergan vahiyga binoan u yerga borgandim. O‘sha yerdagi jamoatning e’tiborli yetakchilari bilan alohida uchrashdim. Ularga g‘ayriyahudiylar orasida o‘zim targ‘ib qilayotgan Xushxabarning mohiyatini bayon etdim. Bunday qilishim oldingi qilgan va hozir qilayotgan ishlarim behuda ketmasligi uchun edi.
3Hatto hamrohim Titus, yunon bo‘lishiga qaramay, sunnat qilinishga majbur etilmadi.