NUR
Ezra 3
1Isroil xalqi o‘z shaharlariga o‘rnashib olganlardan keyin, yettinchi oyda hammasi Quddusda yig‘ilishdi.
2Yohuzadax o‘g‘li Yoshua, uning ruhoniy hamkorlari va Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel urug‘–aymog‘i bilan birgalikda Isroil xalqining Xudosiga atalgan qurbongohni qaytadan qurdilar. Ularning maqsadi: Xudoning odami — Musoning Tavrotida yozilgan amrlarga muvofiq, qurbongohda kuydiriladigan qurbonliklarni keltirish edi.
3Ular mahalliy xalqlardan qo‘rqardilar, ammo shunga qaramay, qurbongohni oldingi poydevori ustiga qurdilar. Qurbongohning ustida har kuni ertalab va kechqurun Egamizga qurbonliklarni kuydirib nazr qildilar.