NUR

Ezra 10

1Ezra Xudoning uyi oldida o‘zini yerga otib yig‘laganicha, gunohlarni e’tirof etdi. U Xudoga iltijo qilayotganda, atrofiga Isroildan katta jamoa — erkagu ayol, bolalar yig‘ilishdi. Xalq ham achchiq–achchiq yig‘lardi.

2Elam naslidan Yoxiyol o‘g‘li Shaxaniyo Ezraga shunday deya murojaat qildi: “Biz mahalliy xalqlarning butparast ayollariga uylanib, Xudoyimizga bevafolik qildik. Lekin shunga qaramay, biz, Isroil xalqi uchun hali ham umid bor!

3Keling, Xudoyimiz bilan ahd qilaylik. Hazratim, sizning maslahatingizga ko‘ra va Xudoyimizning so‘zlaridan qo‘rqadiganlarning maslahatiga ko‘ra, barcha butparast xotinlarni bolalari bilan birga qo‘yib yuboraylik. Tavrot qonuniga amal qilaylik.

Nur ilovasida to'liq o'qish →