NUR
Hizqiyo 44
1O‘sha odam meni Ma’badning sharq tomonidagi tashqi darvoza binosi yoniga olib bordi. Biroq darvoza yopiq edi.
2Egamiz menga shunday dedi: “Bu darvoza doim yopiq tursin, uni ocha ko‘rmanglar. Birorta odam bu darvozadan foydalanmasin. Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz bu darvozadan kirganim uchun, u yopiqligicha qolsin.
3Faqatgina hukmdoringiz shu darvoza binosining ichida o‘tirib, Mening huzurimda muqaddas taomni tanovul qilishi mumkin. Darvoza binosiga u dahliz orqali kirib, yana o‘sha yo‘l bilan chiqib ketadi.”