NUR

Hizqiyo 42

1So‘ng o‘sha odam meni tashqi hovliga olib chiqib, Ma’badning shimolidagi bir qator xonalar oldiga olib bordi. Bu xonalar Ma’badning g‘arb tomondagi imoratga yaqin joylashgan edi.

2Ularning umumiy uzunligi 100 tirsak, eni 50 tirsak edi, ularning eshigi shimol tomonga ochilardi.

3Xonalar bir tomoni bilan eni 20 tirsak bo‘lgan ichki hovlining ochiq joyiga, ikkinchi tomoni bilan Ma’badning tosh yotqizilgan tashqi hovlisiga qarab turardi. Xonalar uch qavat qilib qurilgan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →