NUR
Hizqiyo 4
1Ey inson, bir g‘isht olib oldingga qo‘y, uning ustiga Quddus rasmini chiz.
2Rasmdagi shaharni qamal qilib, atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy, dushman qarorgohlarini o‘rnat, shaharning gir aylanasiga devorteshar qurollarni joylashtir.
3Keyin tovani ol. Tovani temir devor kabi o‘zing bilan rasmdagi shaharning orasiga o‘rnat. So‘ng shaharga yuzlan, sen shaharni qamal qilgan bo‘lasan. Bu Isroil xalqi uchun bir alomat bo‘ladi.