NUR
Hizqiyo 36
1Ey inson, Isroil tog‘lari haqida shunday bashorat qil: “Ey Isroil tog‘lari, Egamizning so‘zini eshiting.
2Egamiz Rabbiy shunday demoqda: g‘animlaringiz sizni mazax qilib: “Aha! Bu ko‘hna tepaliklar endi bizniki bo‘ldi”, deb aytgan edilar.
3Shuning uchun bashorat qilib, ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Qo‘shni xalqlar sizlarga har yoqdan hamla qilib, sizlarni vayron qilganlari uchun, sizlar ularning mulki bo‘ldingiz, odamlardan haqoratlar eshitib, xo‘rliklar ko‘rdingiz.