NUR
Hizqiyo 32
1Surgundaligimizning o‘n ikkinchi yili o‘n ikkinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, fir’avn haqida shunday marsiya kuyla: Sen o‘zingni xalqlar orasidagi sher deb bilasan. Ammo sen suvdagi ajdarho kabidirsan! Sen irmoqlaringdagi suvni ko‘pirtirasan, Oyoqlaring bilan uni loyqalatasan.”
3Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir talay xaloyiq yig‘ilganda, Men ustingga to‘r tashlayman. Ular esa seni qirg‘oqqa tortib chiqarishadi.