NUR
Hizqiyo 31
1Surgunda bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili uchinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, Misr fir’avni va uning to‘dasiga shunday deb ayt: Buyukligingda senga teng keladigan kim bor?!
3Ossuriyaga bir qara! U ham bamisoli Lubnondagi sadr daraxti edi, Ko‘rkam shoxlari o‘rmonga soya solar edi, Baland qomatining uchi bulutlarga o‘ralashardi.