NUR
Chiqish 4
1Shunda Muso: — Isroil xalqi gapimga quloq solmasdan: “ Egamiz senga zohir bo‘lmagan”, deb menga ishonmasa, unda nima qilaman? — deb so‘radi.
2— Qo‘lingdagi nima? — deb so‘radi Egamiz. — Tayoq, — deb javob berdi Muso.
3— Tayoqni yerga tashla! — deb amr qildi Egamiz. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Muso darrov ilondan o‘zini olib qochdi.