NUR
Chiqish 39
1Ular ko‘k, safsar va qirmizi ipdan Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga liboslarni ajoyib qilib tikdilar. Horunga muqaddas ruhoniylik liboslari tikishdi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
2Ular efodni mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan va oltindan qilingan ipdan unga naqsh soldilar.
3Oltinni yupqa qilib yoyib, ingichka–ingichka qilib kesib, oltin ip qilishdi. Ular mahoratlarini ishga solib ko‘k, safsar, qirmizi ipdan naqsh solingan mayin zig‘ir matosini bu oltin ip bilan bezatdilar.