NUR

Chiqish 28

1Isroil xalqi orasidan akang Horunni va u bilan birga uning o‘g‘illarini yoningga chaqir. Horun ham, uning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar, Itamar ham ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin.

2Akang Horunni hurmatli va ko‘rkam qilish uchun unga muqaddas ruhoniylik liboslarini tayyorlat.

3Men qobiliyat ato qilgan hamma mohir ustalarga ayt. Ular Horunga quyidagi ruhoniylik liboslarini tikishsin: ko‘krakpech, efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla va belbog‘. Horun Menga xizmat qilganda, bu liboslar uni muqaddas qilib boshqalardan ajratib turadi. Horun o‘g‘illari kiyishlari uchun ularga muqaddas liboslar tiktir, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilganlarida, bu liboslarni kiyishsin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →