NUR

Ester 6

1Shu kecha shohning uyqusi qochdi. Shoh: — “Kundalik xotiralar kitobi”ni olib kelinglar! — deb buyurdi. Kitobni unga o‘qib berishdi.

2Xotira kitobidagi shoh Axashverashning darvozabonlari Bixtan va Tarash shohning joniga qasd qilishni rejalashtirganlari, buni Mordaxay bilib qolib shohga yetkazgani to‘g‘risida yozilgan voqeaga yetib kelishdi.

3Shunda shoh: — Bu xizmati uchun Mordaxay nima bilan taqdirlangan? Unga hurmat ko‘rsatilganmi? — deb so‘radi. — U hech narsa bilan taqdirlanmagan, — deb javob berishdi shohning a’yonlari.

Nur ilovasida to'liq o'qish →