NUR

Efesliklarga 2

1Sizlar bir vaqtlar gunohlaru ayblaringiz tufayli ruhan o‘lik edingizlar.

2Sizlar bu dunyoning odatlari bo‘yicha, yovuz ruhiy kuchlarning hokimi bo‘lgan shaytonga bo‘ysunib, gunohga botib yashardingiz. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan — shayton.

3Biz ham bir vaqtlar xudbin istaklarimizni qondirib yashar edik. Tananing ehtiroslari va bema’ni o‘y–xayollarga berilib yashaydigan, barcha odamzod kabi tabiatan Xudoning qahr–g‘azabiga loyiq bo‘lgan itoatsiz insonlar edik.

Nur ilovasida to'liq o'qish →