NUR
Voiz 4
1Men yana bu dunyoda bo‘layotgan zulmni ko‘rdim. Mana ezilganlarning ko‘z yoshlari, lekin ularning yupatuvchisi yo‘q. Ularga zulm qilayotganlarda kuch bor, ezilganlarning esa yupatuvchisi yo‘q.
2Shunda men: “Marhumlar tiriklardan baxtliroqdir”, — dedim.
3Ammo hali tug‘ilmaganlar marhumlardan ham baxtliroqdir, chunki ular bu dunyoda qilinayotgan qayg‘uli ishlarni ko‘rmaganlar.