NUR

Voiz 12

1Yoshligingda, qayg‘uli kunlar kelishidan oldin Yaratganni yodda tut, shunday yillar keladiki, sen: “Bu vaqt menga hech qanday rohat keltirmaydi”, — deysan.

2Hayotingning o‘sha yillarida: Quyosh, yorug‘lik, oy va yulduzlar qorayar, Yomg‘irli bulutlar o‘tib ketmas.

3Seni himoya qilgan qo‘llaring qarilikdan qaltirar, Kuchli oyoqlaring zaiflashar, Tishlaring kamligidan chaynay olmassan, Ko‘zlaring yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qolar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →