NUR

Qonunlar 9

1Quloq sol, ey Isroil! Bugun Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tasizlar. O‘zlaringizdan ko‘proq va kuchliroq bo‘lgan xalqlarning yerlarini mulk qilib olasizlar. Ularning ulkan shaharlari osmon o‘par devorlar bilan o‘ralgan.

2O‘sha kuchli, bo‘yi baland xalq Inoq avlodidandir. Ularni o‘zlaringiz bilasizlar, “Inoq avlodiga kim ham bas kela olardi?!” degan gaplarni eshitgansizlar.

3Bugun shuni bilib qo‘yinglarki, Egangiz Xudo yamlamay yutadigan olovday sizlarning oldingizda boradi. Xudo Inoq avlodini mag‘lub qilib, sizlarga itoat ettiradi. Shunda Egamiz bergan va’daga ko‘ra, ularni bir lahzada quvib, yo‘q qilasizlar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →